• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Kanadalik jahonga mashhur xonanda Toshkentga kelib, konsert berdi. Lekin buni (deyarli) hech kim bilmay qoldi

    Kanadalik taniqli xonanda Maykl Buble sentabr oyi oxirida Toshkentdagi Forumlar saroyida konsert berdi. Biroq bu konsert haqida keng jamoatchilik konsert o‘tib bo‘lganidan so‘ng xabar topdi.

    Konsertdan foto va videolavhalar Facebook foydalanuvchilari tomonidan e’lon qilingan. Ular Maykl Bublening qo‘shiqlaridan huzurlangani, konsert dasturi juda ajoyib o‘tgani haqida to‘lqinlanib yozgan.

    Maykl Bublening Toshkentdagi konsertidan.

    Maykl Bublening Toshkentdagi konsertidan.
    Foto: Facebook / MyDay

    Konsert haqida u o‘tib bo‘lganidan so‘ng xabar berganlar orasida MyDay nashrining Facebook sahifasi ham bor. Tegishli post Maykl Bublening o‘zbekistonlik muxlislari tomonidan qoldirilgan e’tirozli kommentlarga to‘la.

    Maykl Bublening Toshkentdagi konsertidan.

    Maykl Bublening Toshkentdagi konsertidan.
    Foto: Facebook / MyDay

    “Mahalliy ‘yulduzchalarimiz’ o‘z konsertlari reklamasi bilan bir necha oylab ko‘zimizni qiynaydi, nahotki Bublening tashrifi haqida oldindan, tuzukroq xabar berishning iloji bo‘lmagan bo‘lsa?”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

    “Darhaqiqat, konsertda bo‘lganlar, Bublening konserti bo‘lishini qayerdan bilib qoldinglar? Jahon miqyosidagi yulduz shaharda konsert berarmish-u, lekin bu haqda hech kim bilmasmish”, — deydi yana bir norozi muxlis.

    Maykl Bublening Toshkentdagi konsertidan.

    Maykl Bublening Toshkentdagi konsertidan.
    Foto: Facebook / MyDay

    Bir qator foydalanuvchilar konsertda mazza qilgani, u zo‘r o‘tganini takror va takror yozgan, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirgan, biroq boshqa foydalanuvchilarning “Bu konsert bo‘lishini qayerdan, qanday bildingiz?”, qabilidagi savollarini javobsiz qoldirgan.

    “Mana axborot olish erkinligi-yu, mana fuqarolarning o‘zaro tengligi! Faqat tanlangan shaxslargina mega-yulduzning konsertidan boxabar qilingan! Taxminimcha, zalda bo‘lgan tomoshabinlarning 80 foizi aynan qanday xonandaning konsertiga kelganini anglab yetmagan ham bo‘lsa kerak”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. “Faqat elita uchun o‘tkazildimi?”, — deb uni quvvatlagan boshqa bir muxlis.

    Qayd etish joiz, sentabr oyi oxirida Toshkentda yana bir e’tiborga molik voqea yuz bergan — rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning jiyani Sarvarning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan edi. Dastlab mazkur to‘yda Filipp Kirkorov, Vera Brejneva, Ivan Urgant kabi rossiyalik yulduzlar xizmatda bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

    Mavzuga doir: Alisher Usmonov qarindoshlarining Toshkentda o‘tgan to‘yida Filipp Kirkorov va Ivan Urgant xizmatda bo‘ldi (foto va video)

    To‘ydan olingan va keyinroq tarqalgan videolarda milliarder Alisher Usmonovning o‘zi to‘y sahnasida tashqi ko‘rinishi Maykl Bublenikiga o‘xshash chet ellik xonanda bilan jo‘r bo‘lib, jazz yo‘nalishida qo‘shiq aytayotgani va raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin edi.

    42 yoshli Maykl Buble an’anaviy estrada yo‘nalishida kuylovchi kruner-xonanda. U turli yillarda bir necha bor nufuzli Grammy va Juno mukofotlarini qo‘lga kiritgan, qo‘shiqlari Avstraliyadan tortib Livangacha xit-paradlarda yetakchilik qilgan. Albomlari 30 milliondan ziyod nusxada sotilgan.

    12.10.2017, 13:32   Izoh (0)   31502
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Rishta” filmining premyerasi 12-oktabrda bo‘lib o‘tadi

    11.10.2017, 18:25

    27—30-noyabr kunlari Toshkentda yosh kinoijodkorlar uchun PROlogue III Respublika festivali bo‘lib o‘tadi

    11.10.2017, 17:52

    Leonardo da Vinchining “Dunyo xaloskori” kartinasi Nyu-Yorkda auksion savdolariga qo‘yiladi

    11.10.2017, 17:41

    Opera qo‘shiqchisi Xibla Gerzmava Xvorostovskiyning o‘limi haqidagi xabarlarni rad etdi

    11.10.2017, 09:05

    Selin Dion konsertdan tushgan daromadni Las-Vegasdagi otishma qurbonlarining oila a’zolariga xayriya qildi

    09.10.2017, 14:27

    Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda

    06.10.2017, 18:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda maktablarda darslar qachondan boshlanishi eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 18:31

    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy

    Reklama | 25 avgust, 18:00

    Dori va tibbiy jihozlar ishlab chiqarish bo‘yicha guvohnomalarning amal qilish muddati 5 yil etib belgilanadi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 18:18

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib bordi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 18:05

    “Manchester Yunayted” yetakchisiga Saudiya Arabistonidan taklif bor

    Sport | 25 avgust, 18:04

    Yurak xurujini erta aniqlashga yordam beradigan 6 ta ogohlantiruvchi belgi

    Layfstayl | 25 avgust, 17:51

    Kambodjada davlatga xiyonatda ayblanganlar fuqarolikdan mahrum etiladi

    Dunyo | 25 avgust, 17:49

    O‘zbekistonda iyul oyida inflyatsiya 8,9% gacha pasaydi — Markaziy bank

    Iqtisodiyot | 25 avgust, 17:37

    “Arsenal” yetakchisi 4 haftaga safdan chiqdi

    Sport | 25 avgust, 17:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.