Qirg‘izistonda 8-oktabrga O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston xalq artistlari Munojot Yo‘lchiyeva, Zulayho Boyxonova, operachilar Samandar Alimov, Jenisbek Piyazov, taniqli xonandalar Yahyobek va Muhsinjon Mo‘minovlar, Alisher Turdiyev, Rohila Ro‘zimova, Ulug‘bek Rahmatullev, Rayhon G‘aniyeva va boshqa ko‘plab ijrochilar ishtirokidagi konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, madaniy muloqotlar qirg‘izistonlik tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Madaniyat kunlari doirasida O‘zbekiston fotorassomlarining “O‘zbekiston qiyofasi: tarix va zamonaviylik” mavzusidagi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)