Iroq hukumat kuchlari mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Al-Huvayja shahrini IShID terrorchilik guruhidan to‘liq ozod etdi, deb yozadi “TASS”.
Iroq armiyasi qo‘mondonligi rasmiy vakili aytishicha, “Iroq armiyasining ilg‘or qismlari xalq lashkari otryadlari bilan hamkorlikda Al-Huvayjani terrorchilardan ozod qilish operatsiyasining ikkinchi bosqichini yakunlagan va shahar ustidan to‘liq nazoratni qayta tiklash vazifasini bajargan”.
Uning ta’kidlashicha, bu vaqt ichida harbiy kampaniya doirasida Al-Huvayja yaqinidagi 161 ta qishloq ozod etilgan va Al-Huvayjani Kirkuk bilan bog‘lovchi, hududning asosiy trassasasi nazorat ostiga olingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)