Dubayda yashovchi ayol to‘rt yoshli o‘g‘li bilan birga Bur Dubai tumanidagi mehmonxonaning 6-qavatidan sakradi, deb yozadi UAE Inside.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ayol saratonga chalingan o‘g‘lining azoblanishlariga ortiq toqat qila olmagani tufayli shunday ishga qo‘l urgan.
Voqea joyiga yetib kelgach, politsiya xonadan ikkita xatni topgan, ulardan biri politsiyaga, ikkinchisi ayolning eriga atab yozilgan. Politsiyaga maktubda ayol o‘z qilmishining sababini keltirgan. Eriga yozgan xatida esa u farzandini “olib ketgani” uchun kechirim so‘ragan.
Bolaning otasi aytishicha, ona ruhiy kasallikdan azob chekkan va ko‘ziga har xil narsalar ko‘ringan.
Izoh (0)