2016-yilda dunyo bo‘yicha eng ko‘p qatl 4 davlat hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”
“O‘tgan yili jahon miqyosida qatllar soni 2015-yilga nisbatan 37 foizga kamaydi. Qatllarning 87 foizi 4 davlat — Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni va Iroqqa to‘g‘ri kelmoqda. 170 ga yaqin mamlakat o‘lim jazosini man etdi yoki ijrosini to‘xtatdi”, — dedi Guterrish.
BMT bosh kotibiga ko‘ra, xalqaro standartlarga muvofiq, o‘lim jazosining ijro etilishi jarayoni “shaffof” bo‘lishi lozim. Biroq ko‘plab davlatlar buni mahkumning oilasidan yashirib, xalqaro majburiyatlarini buzmoqda.
Izoh (0)