Shimoliy Koreyada sentabr oyi oxirida qit’alararo ballistik raketaning yangi modeli ishlab chiqilishi yakunlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
The Asahi Shimbun manbalariga ko‘ra, koinot razvedkasi o‘tgan oy oxirida Pxenyandagi harbiy zavoddan maxsus poyezd chiqqanini qayd etdi. Mazkur zavodda oldin ham turli tipdagi raketalar yig‘ilgani bildirilmoqda.
Poyezd ushbu obyektdan “Xvason-14” qit’alararo ballistik raketasini eslatadigan, biroq undan yirik va uzunroq bo‘lgan yangi raketani olib chiqib ketgan. Ekspertlar uning “Xvason-14” raketasining uch bosqichli modernizatsiyalashgan varianti — “Xvason-13” ekanligini taxmin qilmoqda.
Yangi raketaning aniq tavsifi hozircha aniqlanmadi.
Izoh (0)