Eron Shimoliy Koreyani moliyalashtirmoqda va u bilan savdo-sotiq olib bormoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp TBN telekompaniyasiga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi, deya ma’lum qildi “TASS”.
“Eronliklar Shimoliy Koreyani mablag‘ bilan ta’minlayotgani, savdo-sotiq qilayotgani, ish olib borayotganiga ishonchim komil. Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Garchi buning kelishuvga bevosita aloqasi bo‘lmasa ham, taalluqli tomonlari bor deb o‘ylayman”, — dedi Tramp.
AQSh prezidenti mamlakat Eron bilan yadro kelishuvi doirasidagi majburiyatlarini bajarishda davom etishi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javoban Tramp: “Yaqin orada qanday qaror qabul qilishimga guvoh bo‘lasiz. Eron — yomon o‘yinchi va u bilan shunga yarasha munosabatda bo‘linadi”, — deb javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq The Washington Post AQSh prezidenti Donald Tramp kelgusi hafta Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim to‘xtatilishi haqida e’lon qilishini bildirgan edi.
Izoh (0)