Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida 6-oktabr, jumaga o‘tar kechasi poyezdga urilgan avtobusni akkumulyatori zaif bo‘lgani uchun o‘t oldirib bo‘lmagan. Bu haqda halokatda omon qolgan haydovchi Sarman Nurgali ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Akkumulyator kuchsiz bo‘lib qolgandi, yurgizishga harakat qildik, bo‘lmadi, shundan so‘ng itarishga urindik. Avtobus 1990-yilda chiqarilgan. Birinchi marotaba buzilishi", — izoh berdi haydovchi.
Sarman Nurgaliga ko‘ra, avariya chog‘i avtobusni boshqargan va halok bo‘lgan hamkasbi tajribali haydovchi edi.
Avtobus janubiy Qozog‘istonda ro‘yxatga olingan bo‘lib, xususiy tadbirkor Nazanovaga tegishli bo‘lgan.
6-oktabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyatida avtobus va poyezd to‘qnashuvi yuz berdi, avtobusdagi 56 nafar o‘zbekistonlikdan 19 nafari halok bo‘ldi.
Izoh (0)