Prezident “Avtoyo‘l ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi Norma.
“Ko‘prikqurilish” tresti” unitar korxonasi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimidagi korxona) yo‘laklari bilan uzunligi 500 metrdan ortiq bo‘lgan avtoyo‘l ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlardan foydalanish bo‘yicha vakolatli tashkilot etib tayinlandi.
Uning tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:
- ikkita ixtisoslashgan filial — avtoyo‘l ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish va qayta qurish bo‘yicha 1 va 2-sonli ko‘prik qurilish otryadlari;
- hududiy tuzilmaviy bo‘linmalarga ega bo‘lgan, avtoyo‘l ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlardan foydalanish bo‘yicha unitar korxona;
- “Avtoyo‘l ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni loyihalashtirish bo‘yicha institut” UK;
- “Avtoyo‘l ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish bo‘yicha direksiya” UK;
- “Qurilish sifati bo‘yicha laboratoriya” UK;
- “Ko‘prikqurilish” tresti” UKning 13-sonli ko‘prik otryadi ishlab chiqarish bazasida “Temir-beton va boshqa konstruksiyalarni tayyorlash bo‘yicha zavod” UK;
- “Maxsus temir-beton buyumlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarish bo‘yicha zavod” UK.
Izoh (0)