Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Qirg‘izistonning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.
“Shundan so‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)