Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: UZ24

Foto: UZ24

“Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Qirg‘iziston prezidenti ushbu maydon O‘zbekistonning tinchliksevar siyosatini, xalqining bunyodkorlik va farovonlik yo‘lidagi intilishlarini aks ettiruvchi noyob majmua ekanini alohida ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekiston barcha sohalarda ulkan yangilanishlar yo‘lidan bormoqda. Mustaqillik maydoni me’moriy yechimi, teran ma’no-mazmuni bilan ana shu taraqqiyotning yuksak sur’atlarini ifoda etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maydon markazida qad rostlagan Mustaqillik va ezgulik monumenti O‘zbekiston tanlagan yo‘l — Mustaqillik yo‘lini targ‘ib qilishda, o‘zbek xalqining bunyodkorlik salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.

Almazbek Atambayev, Qirg‘iziston prezidenti

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Dunyo Rossiyaning Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan taktikasiga aldanmasligi kerak”. AQSH Davlat departamenti Si Szinpinning Moskvaga tashrifiga munosabat
Mahalliy
Jizzaxda YPX xodimlari formasida vayn ishlagan ikki erkak javobgarlikka tortilgani noqonuniy deb topildi
Mahalliy
Doshqozonlardagi sumalak, 40 qozondagi osh, tandirdan uzilgan ko‘k somsa: Farg‘onadagi Navro‘z tantanalari — suratlarda