O‘zbekiston va Koreya Respublikalari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan Koreya kinosi kunlari o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati.
Tadbir “O‘zbekkino” Milliy agentligi va Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan.
Avvalroq, 28-sentabr va 1-oktabr kunlari Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kino saroyida Koreya kinofestivalining ochilish marosimi va festivalga taqdim etilgan to‘rtta badiiy film namoyishi bo‘lib o‘tdi. Endi ushbu kartinalarni Namangan va Andijon shahri aholisi ham tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Namangan shahri
Sana, vaqti: 4—6-oktabr, soat 18:00 Manzil: A.Navoiy nomli Namangan viloyat musiqiy-drama teatri
Kirish: erkin
Andijon shahri
Sana, vaqti: 5—7-oktabr, soat 18:00 Manzil: Bobur nomli Andijon viloyat musiqiy-drama teatri
Kirish: erkin
Filmlar: “Qirol tikuvchisi”, “Doimo”, “Mojaro sababchilari”, “7-kameradagi mo‘jiza”.
Izoh (0)