2019-yilda jahon ekranlariga chiqarilishi rejalashtirilayotgan “Forsaj 9” filmining premyerasi 2020-yilning 10-aprel sanasiga qoldirildi. Bu haqda Universal Pictures kinokompaniyasi ma’lumotlariga asoslanib AP ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
Kinokompaniya filmning ekranlarga chiqish vaqti nima sababdan surilganiga izoh bermadi. Biroq joriy yilning bahorida ekran yuzini ko‘rgan “Forsaj 8” prokatlarda 1,2 milliard dollar to‘plaganini ma’lum qildi.
“Forsaj 8” filmining premyerasi AQShda aprel oyining o‘rtalarida bo‘lgan edi. Film budjeti 290 million dollarni tashkil etgan (“Forsaj 7” budjeti 190 million dollar edi). “Forsaj”ning birinchi qismi 2001-yilda ishlangan va avvaliga uni davom ettirish rejasi bo‘lmagan. Biroq 2003-yilda uning navbatdagi qismi ekranlarga chiqarilgan.
Franshizaning jahon prokatida to‘plagan mablag‘i 5 milliard dollardan ortib ketgan. Universal Pictures’ning xabar berishicha, rejissor Feliks Geri Greyning ushbu lentasi Star Wars: The Force Awakens (2015-yil) kartinasi tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangilagan.
Izoh (0)