Bryus Uills “Chaqilmas yong‘oq” (Die Hard, 1988-yil) filmining oltinchi qismida yana bir bor politsiyachi Jon Makkleyn rolini ijro etadi. Bu haqda rejissor Len Uayzman Deadline internet-jurnaliga ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
Yangi “Chaqilmas yong‘oq”ning asosiy jihati undagi voqealar rivoji franshizaning bundan oldingi qismlarida taqdim etilgan voqealardan ham oldin, ham undan keyin sodir bo‘ladi. Rejissorning ta’kidlashicha, u yosh Makkleyn roliga nomzod qidirish ishlarini boshlab yuborgan. Syujetga ko‘ra, u 1970-yillarda Nyu-York politsiyasida xizmat qilayotgan bo‘ladi.
Filmning beshinchi — “Chaqilmas yong‘oq: O‘lish uchun ajoyib kun” qismi AQShda 67,4 million dollar, boshqa mamlakatlarda 304,7 million dollar to‘plagan edi.
2010-yilda Bryus Uills Showbiz Spy nashriga filmning oltinchi qismidan so‘ng, politsiyachi Makkleyn bilan xayrlashish niyati borligini ma’lum qilgan.
“Hozircha ekranda turli harakatlarni bajara olaman. Ammo shunday vaqt keladiki, bu ish bilan shug‘ullangim kelmay qoladi. O‘shanda men “Chaqilmas yong‘oq” filmlari bilan xayrlashaman”, — degan edi Uillis.
Bryus Uillis 90 dan ortiq filmlarda, jumladan, Pulp Fiction, “Beshinchi element” (The Fifth Element), “Oltinchi hissiyot” (The Sixth Sense) va boshqa shu kabi mashhurlikka erishgan kartinalarda bosh rolni ijro etgan. Moonlighting serialidagi (1985—1989) roli uchun “Oltin globus” mukofotini qo‘lgan kiritgan.
Izoh (0)