Joriy yilning 24-avgust sanasida “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi o‘rtasida erishilgan kelishuvga ko‘ra, 6—15-oktabr kunlari Nukus va Navoiy shaharlarida V Yevropa kino festivali o‘tkaziladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur festivalda Yevropaning 6 ta, ya’ni Buyuk Britaniya, Germaniya, Finlyandiya, Fransiya, Chexiya va Shveysariya davlatlaridan jami 7 ta badiiy, hujjatli va animatsion filmlar ishtirok etadi.
Film namoyishi sanasi:
6—8-oktabr, Nukus shahri
13—15-oktabr, Navoiy shahri
Seanslar vaqti: 11:00, 17:00, 19:00
Filmlar ro‘yxati:
- “Xaydi” (Shveysariya, sarguzasht)
- “Parvoz” (Fransiya, multfilm)
- “Ko‘l haqida ertak” (Finlyandiya, hujjatli)
- “To‘rt qirol” (Germaniya, drama)
- “Kichkina odam” (Chexiya, komediya)
- “So‘nggi olmos” (Fransiya, drama)
- “Qirol nutqi” (Britaniya, drama)
Izoh (0)