AQSh prezidenti Donald Tramp katta farzandlarining Aspenada (Kolorado shtati) dam olishi amerikalik soliq to‘lovchilarga 330 ming dollarga tushdi. Bu haqda, CBS telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Telekanal sud orqali ichki xavfsizlik vazirligidan tegishli hujjatlarni oldi. Ularda aytilishicha, bu pullar qo‘riqchilik xizmatiga sarflangan.
Gap Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner haqida ketmoqda. Ular ayni paytda AQSh yetakchisining maslahatchilari hamdir. Shuningdek, hujjatlarda Erika Tramp va uning turmush o‘rtog‘i haqida ma’lumotlar bor.
Ularni qo‘riqlashga joriy yilning mart oyidagi bir haftalik dam olish chog‘ida 330 ming dollar sarflandi.
Xususan, transport vositalari ijarasiga 26 ming dollar, prezident oilasi a’zolarini tog‘-chang‘i zonasida kuzatib borish uchun zarur asbob-uskunaga 22 ming dollar sarflandi.
Butun shahar bo‘ylab mehmonxonalardan xona band qilishga 195,7 ming dollar ketdi.
Izoh (0)