Uelsning “Ospreyz” klubi regbichisi Skott Bolduinni JARdagi hayvonot bog‘ida sher tishlab oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa aks etgan videoni uning klubdoshi Endi Gud Twitter’dagi sahifasida e’lon qildi.
Videoda sportchi sherning yunglarini qo‘llari bilan to‘zg‘itayotgani aks etgan. Yirtqich jonivorga bu xatti-harakatlar yoqmadi va Bolduinning qo‘lini tishlab oldi.
“Ular sherni sila, hech narsa bo‘lmaydi, degandi! Mana Bolduin sher bilan uy hayvonidek muomala qilganida nima bo‘ldi”,— deya mazkur holatni izohladi Gud.
Qayd etilishicha, regbichining qo‘liga bir nechta chok tushgan, oqibatda u o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok eta olmagan.
Izoh (0)