Hindiston temir yo‘llar vazirligi Mumbayda yangi piyodalar ko‘prigini qurishga shoshilinch tender e’lon qildi. Obyekt kelgusi yili tayyor bo‘lishi lozim, deb xabar berdi “TASS”.
The Asian Age nashriga ko‘ra, yangi ko‘prik keng va xavfsizlik talablariga to‘liq mos keluvchi bo‘ladi, shuningdek, eskalator bilan jihozlanadi. Loyiha 95 million rupiyaga (1,5 million dollar) baholanmoqda.
29-sentabr, juma kuni Mumbayning Elphinstone Road temir yo‘l bekati yaqinidagi ko‘prikda yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jabrlandi.
Fojia ertalabki tig‘iz payt, yomg‘ir boshlanganidan so‘ng platformada turgan yuzlab yo‘lovchilar soyaboni bo‘lgan ko‘prikka yopirilgani va uning bir qismi qulab tushganidan so‘ng yuz berdi.
Izoh (0)