Turkiya Suriyadagi deeskalatsiya zonalaridan biriga kiruvchi Idlib viloyatida harbiy politsiya kuchlarini joylashtirmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Idlibda hozircha Rossiya harbiy politsiyasi yo‘q. Biroq bu yerda Turkiya harbiy politsiyasi vakillari o‘z kuchlarini joylashtirishni boshladi”, — dedi agentlikning vaziyat bilan tanish manbasi.
Ma’lumot uchun, Ostonada bo‘lib o‘tgan Suriya tinchlik o‘rnatish tartibi kafillarining 6-uchrashuvida to‘rtinchi deeskalatsiya zonasi belgilandi. Mazkur zonaga Idlib, Latakiya, Aleppo va Xama kiradi.
Izoh (0)