26-sentabr kuni Uchtepa tumani “Ayollar maslahat markazi”da otinoyilar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning bilimlarini oshirib borish maqsadida “Dinimizning sofligini asraylik!” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi axborot xizmati.
O‘quv-seminari Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan otinoyilar bilimlarini oshirdi.
Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari E.Rustamov O‘zbekistonda diniy sohada olib borilayotgan keng islohatlar va bunda otinoyilarning vazifalari to‘g‘risida gapirib, hozirgi kunda ish tizimini yo‘lga qo‘yishdagi kamchiliklar, ayollarga oid ijtimoiy masalalar yechimini hal etishda otinoyilar ma’suliyatining kengayishi, bunda ularning bilim salohiyatlarini rivojlantirishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Izoh (0)