Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida xorijiy sarmoya ishtirokidagi Modern lift systems mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mazkur korxonaning loyiha qiymati 5 million dollarga teng. Sarmoyaning 90 foizi xorij investitsiyasi, qolgan qismi mahalliy sarmoyadorlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Yiliga 300 dona lift, 200 dona eskalator va travolator ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ish boshlashi bilan kasb-hunar kollejini bitirgan 25 nafar yosh mutaxassisning doimiy bandligi ta’minlandi. Xitoylik mutaxassislar ko‘magida qayta malaka oshirgan bu yigit-qizlar zamonaviy texnologiyalarni bemalol boshqarmoqda.
Kelgusi yili korxonaning ishlab chiqarish quvvati uch barobar oshadi va yana 75 yangi ish o‘rni yaratiladi.
Izoh (0)