Rejissor Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais” filmi sentabr oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Sentabr oyining to‘rtinchi haftasi kinoreytingida “Labbay rais” filmidan keyingi o‘rinlarni Aziz Rametovning “Arslon izidan”, Azamat Axrorovning “Qaysarginam 2”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimovlarning “Ahmadboy va Rahmatboy”, filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Aldagani quda yaxshi”, “Bebahoginam”, “Toshkentim onam”, “Ada emas, dada” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
18-sentabr — 24-sentabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
1-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)Rejissor – Otabek Mirzaxolov2-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama)Rejissor – Aziz Rametov
3-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)Rejissor – Azamat Axrorov
4-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)Rejissor – Otabek Mirzaxolov
5-o‘rin. “Ahmadboy va Rahmatboy” (komediya)Rejissor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov
Izoh (0)