AQSh Oliy sudi 10-oktabrga belgilangan prezident Donald Trampning immigratsiya farmoni qonuniyligi yuzasidan eshituvlarni bekor qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Sud Tramp tomonidan AQShga kirishi taqiqlangan mamlakatlar ro‘yxati kengaytirilgani sababli shunday qaror qabul qildi. Da’vo ko‘rib chiqiladigan yangi sana hali belgilanmadi.
AQShga kirishga cheklov endilikda Eron, Suriya, Liviya, Somali, Yaman, Venesuela, Shimoliy Koreya va Chad fuqarolariga tegishli. Cheklov choralari har bir davlatdan kelib chiqib farqlanadi.
Izoh (0)