KXDRda xalqaro sanksiyalar rejimining kuchaytirilishi oqibatida benzin narxi so‘nggi oylarda uch baravarga qimmatlashdi. Bu haqda Yonhap agentligi ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, KXDRda neft narxi o‘smoqda. Benzin narxi yil boshidagi holat bilan solishtirilganda, uch baravarga qimmatlashdi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, KXDRda bir litr benzinning narxi 5,1 dollarni tashkil etmoqda. Mamlakatda guruch va xorijiy valyuta narxi o‘zgarmagan.
Ayni vaqtda KXDRga nisbatan amalda bo‘lgan eng qat’iy sanksiya rejimi qurol-aslahalar va avia yoqilg‘ini mamlakat hududiga olib kirish hamda KXDRdan ko‘mir, temir rudasi, po‘lat, dengiz mahsulotlari va boshqa mahsulotlarning xarid qilinishining taqiqlanishi hisoblanadi.
12-sentabr kuni BMT Xavfsizlik kengashi KXDRning oltinchi marta yadro qurolini sinovdan o‘tkazganiga javoban mamlakatga nisbatan sanksiyalarni kengaytirish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi.
Izoh (0)