Saudiya Arabistoni ta’lim vazirligi maktab darsliklaridan birida qirol Faysal “Yulduzlar jangi” personaji Yoda bilan birga aks etgan surat borligi uchun uzr so‘radi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Muassasadagilar qo‘shimcha qilishicha, o‘quv darsligini yaratishda yo‘l qo‘yilgan “tasodifiy xatolik”ni tekshirishmoqda.
Suratda Yoda Saudiyaning uchinchi qiroli 1945-yilda BMT Ustavini imzolayotgan paytda uning yonida turibdi.
Rasmni saudiyalik rassom Shaviish yaratgan, ammo u o‘zining asari qanday qilib darslikka tushib qolganini bilmasligini aytdi.
Shu bilan birga, Shaviish tasvir qirolga nisbatan salbiy munosabatni anglatmasligini ta’kidladi. U kitobni chop etishdan avval rasmni tekshirish kerak bo‘lganini qayd etdi.
Izoh (0)