AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z Twitter’ida KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqini izohladi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Xususan, u Shimoliy Koreya yetakchisini yana bir bor “raketa odam” deb atadi.
“Hozirgina Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirining BMTdagi nutqini eshitdim. Agar u kichkina raketa odamning fikrlarini takrorlayotgan bo‘lsa, ular ko‘pga bormaydi!” — deb yozdi Tramp.
Bosh Assambleyadagi nutqida Li Yon Xo Shimoliy Koreya raketalari “butun AQSh hududiga tashrif buyurishi muqarrar”ligini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In bilan o‘tkazgan telefon muloqotida KXDR yetakchisi Kim Chen Inni “raketa odam” deb atagani xabar berilgan edi.
Izoh (0)