Suriya hukumati Xitoyga mamlakatni urushdan keyingi tiklash ishlaridagi faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildiradi. Bu haqda Suriya tashqi ishlar vaziri Volid Mallim xitoylik hamkasbi Van I bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Suriya Xitoyni uzoq vaqt davomida mamlakatdagi inqiroz borasida tutgan adolatli yondoshuvi uchun minnatdorlik bildiradi. Tinchlik va barqarorlikni tiklash, gumanitar vaziyatni yaxshilashda tutgan o‘rnini yuksak qadrlaydi. Suriyaning urushdan keyingi tiklash ishlarida faol ishtirokini olqishlaydi”, —dedi Volid Mallim.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Suriya hukumati va mamlakat ichidagi turli guruhlar vaziyatni siyosiy izga solishni tezlashtirishi, mamlakatda barqarorlikni tiklashda siljishga erishishiga umid bildirdi.
Izoh (0)