Iroq Kurdistonining hududiy hukumati mustaqillik haqidagi referendum boshqa kunga ko‘chirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi, deb yozadi “Gazeta.ru” “Sinxua”ga tayanib.
“Kurd partiyalari AQSh va BMT tashabbusini qabul qilib, referendumni qoldirgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyishdi hukumatdagilar.
Avvalroq Iraqiya telekanali kurd partiyalari go‘yoki referendumni boshqa kunga ko‘chirishga qaror qilganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)