22-sentabr, juma kuni Gretsiya shimoli-sharqidagi tog‘li tumanda CT2K shaxsiy yengil samolyot halokatga uchradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aviahalokat oqibatida Ukraina fuqarolari bo‘lgan er-xotin halok bo‘ldi.
Ikkita CT2K samolyoti Aleksandrupolisdan Buxarestga parvoz qilayotgan edi. Ikkinchi samolyot ko‘zlangan manzilga yetib borgan. Uning yo‘lovchilari birinchi samolyot dastlab ko‘zdan g‘oyib bo‘lganini, so‘ng u bilan aloqa uzilganini ma’lum qilgan.
Super Puma harbiy vertolyoti ekipaji g‘oyib bo‘lgan CT2K samolyotini izlashga kirishgan.
Noqulay ob-havo sharoiti — tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi oqibatida qutqaruv operatsiyasi qiyinlashgan. Qutqaruvchilar dastlab Keras tumanida halokatga uchragan samolyot qanotini, so‘ngra ikki jasadni topishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)