AQSh hukumati 2016-yilgi prezidentlik saylovlari davomida 21 shtatga Rossiyaning xakerlik hujumlari haqida ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Associated Press agentligiga ko‘ra, gap Alabama, Alyaska, Arizona, Kaliforniya, Kolorado, Konnektikut, Delaver, Illinoys, Ayova, Merilend, Minnesota, Shimoliy Dakota, Oklaxoma, Oregon, Texas va Vashington shtatlari haqida ketmoqda.
Reuters ular qatoriga Viskonsin, Ogayo, Florida, Pensilvaniya va Kaliforniya shtatlari ham kirishini bildirdi. Bu ma’lumotni AQSh Ichki xavfsizlik vazirligidagi manba ham tasdiqladi, biroq shtatlarning aniq soni va nomini aytishdan bosh tortdi.
Viskonsin elektoral komissiyasi ma’muri Maykl Xaasning ta’kidlashicha, Rossiya hukumati yollagan xakerlar saylovchilarni ro‘yxatga olish elektron tizimini ko‘zlagan, biroq buning uddasidan chiqmagan.
Associated Press xakerlar Illinoys shtatidagina saylov tizimiga yo‘l topolganini da’vo qilmoqda.
Izoh (0)