Estoniyaning Xaryu uyezd sudi mamlakatga Yevroittifoq kvotasi bo‘yicha kelgan suriyalik qochqin Muhammad Kovanni o‘n yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
20 yoshli Kovan 7-mart kuni Tallindagi xonadonda 22 yoshli rafiqasiga o‘t qo‘yganlikda ayblanmoqda. Sud ma’lumotlariga qaraganda, dastlab u benzin sotib olgan, xotinini soqichlar bilan o‘rab, benzin quyib, yoqvorgan.
Tanasining 70 foizi kuyib ketgan suriyalik ayolning hayoti qutqarib qolindi. Jinoyat sodir etilgan paytda xonadonda juftlikning hali ko‘krakdan chiqmagan bolasi ham bor edi.
Sud ishni 11-sentabr kuni ko‘rib chiqa boshladi. Majlis yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi, ammo hukm oshkora o‘qildi. Erkak ayolga qasddan og‘ir tan jarohatlari yetkazishda aybdor deb topildi.
Izoh (0)