Ispaniya politsiyasi Kataloniyada avgust oyida sodir etilgan teraktlarga aloqadorlikda gumon qilingan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakatda ichki ishlar vaziri Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Vazirga ko‘ra, qo‘lga olish Kastelon provinsiyasida amalga oshirildi. Jinoyatga aloqadorlikda gumon qilinayotgan shaxs Marokashda tug‘ilib-o‘sgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 17-avgust kuni Barselona va Kambrils shaharlarida sodir etilgan teraktlar oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 130 kishi jabrlandi. Teraktlar uchun javobgarlikni IShID zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)