Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi monitoringini olib borish va uni baholash jamoatchilik kengashi 2017-yil birinchi yarim yilligi natijalarini e’lon qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Kengash qaroriga ko‘ra, ro‘yxatga kiritilgan 85 vazirlik, qo‘mita va idoralar o‘rtasida o‘tkazilgan Ochiqlik indeksida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2-o‘rinni egalladi.
Ochiqlikni belgilash “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunga binoan ishlab chiqilgan uch komponent asosida olib boriladi:
Davlat organi faoliyatining ochiqligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan subyektlar faoliyatini baholash (rahbarlar va axborot xizmatlari faoliyati bo‘yicha);
Ochiqlikni ta’minlashning aniq usullari samaradorligini baholash (rasmiy veb-saytning faoliyat yuritishi, axborot stendlari va boshqa texnik vositalar yordamida axborot taqdim qilish, axborot olish bo‘yicha so‘rovlarning ko‘rib chiqilishi, ochiq hay’at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning ishtirok etishini ta’minlash, axborotlarni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish):
Axborotdan foydalanuvchilarning qanoatlanganlik holatini baholash (axborotdan foydalanuvchilar orasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan baholanadi).
Mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha Markaziy bank 95 ball to‘plashga erishdi. Reytingda 96 ball bilan Davlat soliq qo‘mitasi yetakchilik qildi.
Izoh (0)