O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi qarori bilan vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasida hisoblarni yuritish tartibiga tuzatishlar kiritildi, deb yozadi Norma.
Hujjat chet el valyutasi hisob egasiga naqd shaklda to‘lanadigan ikkita holat bilan to‘ldirildi, bular quyidagilar:
- fermer xo‘jaliklarining valyuta hisoblaridagi mablag‘lar — hisob egasining ixtiyori bilan;
- yuridik shaxs tashkil etmasdan turib tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan rezident jismoniy shaxslar (yakka tadbirkorlar)ning valyuta hisoblaridagi mablag‘lar.
Izoh (0)