O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan 17—21-sentabr kunlari tashkil etilgan orol ekspeditsiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Bu haqda “Daryo”ga ekspeditsiya a’zolari xabar berdi.
Ekspeditsiyada ishtirok etayotgan yosh olimlar guruhi tomonidan orol dengizining sho‘rlanishi, biologik, ekologik o‘zgarishlar, orol bo‘yi hududining zoologiyasi va uni asrab qolish bo‘yicha tor doiradagi ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Yosh olimlar mavjud muammolardan ya’ni dengiz bo‘yidagi sho‘rlanish holatlarini tibbiy jihatdan tahlil etib, tibbiyotda bir qator kassaliklarni samarali davolashda foydalanish mumkin ekanligini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)