Britaniya asosan musulmon-roxinjalar istiqomat qiladigan Rakxayn shtatida avj olgan zo‘ravonliklar tufayli Myanma harbiylarini shug‘ullantirish dasturini to‘xtatdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Britaniya hukumati vakili mazkur qaror mamlakatda hukm surayotgan zo‘ravonlik, gumanitar inqiroz va inson huquqlari buzilishiga chek qo‘yish zarurati sababli qabul qilinganini bildirdi.
“Biz Myanma harbiylariga taqdim etiladigan o‘quv kurslarini mavjud vaziyatni o‘nglashning maqbul yechimlari topilmaguncha to‘xtatishga qaror qildik”, —deyiladi hukumat bayonotida.
Izoh (0)