Keniyada qayta prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini texnik ta’minlashi lozim bo‘lgan Fransiya IT-kompaniyasi 17-oktabrga belgilangan ovoz berish jarayoniga ulgurmasligini bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Kompaniya Keniya markaziy saylov komissiyasiga yo‘llagan maktubda ovoz berish natijalarini avtomat qayta ishlash tizimini ish hajmi kattaligi sababli belgilangan sanaga tayyorlab bo‘lmasligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, Keniya Oliy sudi muxolifat nomzodi Raila Odinga shikoyati tufayli amaldagi davlat rahbari Uxuru Keniataning g‘alabasi bilan yakunlangan prezidentlik saylovlari natijalarini bekor etib, 60 kun davomida qayta saylovlar o‘tkazish haqida qaror qabul qilgandi.
Izoh (0)