BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Koreya yarim orolidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Uchrashuv BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi arafasida bo‘lib o‘tdi.
“Bosh kotib va prezident Mun Chje In Koreya yarim orolidagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Ular diplomatik yechimlarni qidirish, davlatlar esa Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalariga to‘liq amal qilishi muhimligi xususida yakdil to‘xtamga keldi”, — deyiladi xalqaro tashkilot rahbari devonxonasi kommyunikesida.
Izoh (0)