Olmaota viloyatida yo‘ltanlamas tuya bilan to‘qnashib ketishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Kazakhstan Today.
Yo‘l-transport hodisasi19-sentabrga o‘tar kechasi Panfilov tumanidan o‘tuvchi G‘arbiy Yevropa — G‘arbiy Xitoy avtomobil yo‘li uchastkasida sodir bo‘lgan.
43 yoshli olmaotalik ayol tomonidan boshqarib ketilayotgan Range Rover avtomobili Aydarli qishlog‘i yaqinida tuya bilan to‘qnashib ag‘darilib ketgan. Haydovchi ayol hamda avtomobildagi uch nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir kishining joni keyinroq shifoxonada uzilgan.
Noxush hodisa oqibatida tuya ham halok bo‘lgan, uning egasi kim ekanligi hozircha ma’lum emas.
Politsiyaning aniqlik kiritishicha, trassaning ushbu uchastkasidagi ta’mirlash ishlari hali tugamaganligi sabab bu yerda avtotransportlarning harakati taqiqlangan.
Izoh (0)