Suriyaning Idlib deeskalatsiya zonasida jangarilarning 30 dan ortiq otryadi qurollarni topshirishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Rossiya mojaro tomonlarini yarashtirish markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Noqonuniy qurolli tuzilmalar yetakchilari bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida sharqiy Idlib deeskalatsiya zonasida jangarilarning 35 otryadi hukumat qo‘shinlari tomoniga o‘tishga tayyorliklarini tasdiqladi”, — deyiladi markaz xabarida.
Markaz vakillariga ko‘ra, Xoms viloyatida uch aholi punkti: Tell-Bisa, Al-Ganto va Umm-Sharshux jangovar harakatlarni to‘xtatish tartibiga qo‘shildi.
Izoh (0)