Qozog‘istonning Ostona shahridagi Sariorqa tumanida qurilayotgan obyekt devori qulashi oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana bir nafari jarohatlandi. Bu haqda Ostona hokimiyati saytiga asoslanib, UZ24 xabar bermoqda.
Hodisani o‘rganish bilan maxsus tashkil etilgan tezkor tergov guruhi shug‘ullanmoqda.
Obyekt buyurtmachisi, bosh pudratchi va qurilish uchastkasi boshlig‘i Ostona ichki ishlar departamentiga so‘roq uchun olib ketilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlarni izlash uchun 15 nafar qutqaruvchi, maxsus texnika va asbob-uskunalar jalb etilgan.
Izoh (0)