AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining xatti-harakatlari Eron yadroviy dasturi bo‘yicha umumqamrovli kelishuv buzilishiga olib kelsa, Vashington og‘ir badal to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“AQSh kelishuvdan chiqqan taqdirda qimmat to‘lov to‘laydi, men amerikaliklar o‘zlariga manfaat keltirmaydigan ish uchun bunday narx to‘lashni istaydi deb o‘ylamayman”, — ma’lum qildi u.
Muqaddam Eron TIV AQSh yadroviy kelishuvdan chiqmoqchi ekanligi borasida o‘z gumonlarini bildirgan edi.
Izoh (0)