O‘zbekiston musulmonlari idorasi diniy ta’lim sohasidagi islohotlar, jumladan Toshkent islom institutida talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Jumladan, islohotlar samarasi o‘laroq Toshkent islom institutida maxsus sirtqi bo‘lim, qayta tayyorlash kurslari, doktorantura, onlayn darslarning tashkil etilganligi alohida qayd etildi.
“Toshkent islom instituti bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash borasida O‘zbekiston musulmonlari idorasining kadrlar bo‘limi bilan doimiy hamkorlik olib borilmoqda. Bugungi kunda Toshkent islom institutini bitirgan barcha mutaxassislar to‘liq ish bilan ta’minlangan”, — deyiladi xabarda.
Diniy ta’lim sohasidagi islohotlar bilan batafsil quyidagi havolada tanishing.
Izoh (0)