Bugun, 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi o‘z diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Favqulodda va muxtor elchisi Naythart Hofer-Vissingni qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Ikki tomon kun tartibi yuzasidan fikr almashish davomida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar an’anaviy va dinamik rivojlanayotgani qayd etildi.
Vazir elchining mamlakatimizdagi to‘rt yillik muvaffaqiyatli faoliyati va hamkorlikning mustahkamlanishiga qo‘shgan shaxsiy hissasini ta’kidladi.
Elchi O‘zbekistondagi vazifasini ijro etishi uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Izoh (0)