2017-yilning 9—10-sentabr kunlari Xitoy Kommunistik partiyasining Siyosiy byurosi a’zosi, XKPning Markaziy qo‘mitasi Siyosiy-yuridik komissiyasi kotibi, Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining hamraisi Men Szyanchju boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ladi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Xitoy vazirliklari va idoralari, yetakchi kompaniyalari hamda firmalarining vakillari tarkibidagi Xitoy delegatsiyasi Toshkentdagi Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining 4-yig‘ilishi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes-forumida ishtirok etadi.
Tashrif dasturiga ko‘ra Buxoro shahrida bo‘lish ham rejalashtirilgan.
Izoh (0)