2017-yilning 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Eron Islom Respublikasining Muvaqqat ishlar vakili Husay Ali Salim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Eron kun tartibining joriy masalalari, jumladan, turli darajada bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Izoh (0)