Toshkent viloyati ma’muriy markazi – Nurafshon shahrining video loyihasi taqdim etildi, deb xabar berdi Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati.
Shahar O‘zbekistondagi birinchi “aqlli” shahar bo‘ladi, unda ma’muriy binolar, zamonaviy va qulay turar joylar, biznes markazlar, mehmonxonalar, sport majmualari, yoshlar ijodiyot markazi, kutubxona, maktablar, ko‘p tarmoqli shifoxona bunyod etiladi.
Istirohat bog‘lari, bog‘lar, maydonlar, piyodalar va velosipedchilar uchun xiyobonlar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Samarali jamoat transporti tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
Shahar markazi orqali sun’iy anhor oqib o‘tadi, uning yoqasi bo‘ylab yo‘l yotqizilib, kafe, do‘kon va boshqa obyektlar ochiladi.
Eslatib o‘tamiz, avval Toshkent viloyati o‘zining ma’muriy markaziga ega emas edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 25-avgust kungi 11-yalpi majlisda To‘ytepa shahrining nomini Nurafshonga o‘zgartirish haqidagi qarorni tasdiqladi.
Izoh (0)