Guinness World Records shtabi vakili Stenning Richard Uilyam Angliyadan tashrif buyurgan bo‘lib, uning aytishicha, dunyo rekordini o‘rnatish uchun kamida 4 tonna osh damlanishi kerak. O‘zbek oshpazlari esa 7 tonnaga harakat qilishmoqda, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.
Vakilning xabar berishicha, kuni kecha Ginnes rekordlar kitobining 63-nashri chop etilgan bo‘lib, agar bugungi tayyorlanadigan osh mazkur kitobga kirish uchun talab qilinadigan shartlarni bajarsa, kitobning 2018-yilda chop etiladigan nashridan o‘zbek palovi ham joy oladi. Bungacha hech qaysi davlatda shunday hajmdagi osh tayyorlanmasligi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)