Meksikada ro‘y bergan shiddatli zilzila qurbonlari soni 32 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Muqaddam halok bo‘lganlar soni 26 kishini tashkil qilgani bildirilgan edi.
Meksika Milliy seysmologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 8,2 ni tashkil etgan. Uning epitsentri Tonala (Chyapas shtati)dan 137 kilometr janubi-g‘arbda, o‘chog‘i esa 58 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Meksika prezidenti Enrike Penya Nyetoning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat hududida qayd etilgan so‘nggi 100 yildagi eng kuchli yerosti silkinishlaridir.
Izoh (0)