Meksika qirg‘oqlari yaqinida mahalliy vaqt bilan 8-sentabrga o‘tar kechasi yuz bergan zilzila qurbonlari soni 26 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan Oaxaka shtati ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur hududda zilzila oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan. Yana olti kishi Meksikaning Chyapas va Tabasko shtatlarida halok bo‘lgan.
Meksika Milliy seysmologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 8,2 ni tashkil etgan. Uning epitsentri Tonala (Chyapas shtati)dan 137 kilometr janubi-g‘arbda, o‘chog‘i esa 58 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Meksika prezidenti Enrike Penya Nyetoning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat hududida qayd etilgan so‘nggi 100 yildagi eng kuchli yerosti silkinishlaridir.
Izoh (0)